"Shuning o'rniga kitob yoki foydali maqola o'qib ketsa bo'lmaydimi?" deymanu o'zim ham yoshligimda telefondan ortmasdim. Endi vaqt o'tib achinish hech narsani hal qilmasligiga ko'p marotaba amin bo'ldim. Hozirgi yoshlarimizga maktab, kerak bo'lsa bog'cha paytidan vaqtni to'g'ri tanlashni yo'lga qo'ya olsak, "yoshligimda shuni hech kim aytmaganda" degan iddaoni eshitmaymiz.
O'rta maxsus kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda korrupsiya mavjudmi? Agar mavjud bo'lsa qanday ko'rinishda? Bu savolga javob berish uchun avvalo kasb - hunar kollejlar va akademik litseylar hayoti bilan yaqindan tanishdim.O'zbekiton Respublikasi Samarqand viloyatida joylashgan bir nechta kollejlarda bo'ldim.U yerdagi davomatlar ko'rsatkichi judayam past. Men uning sababini bilishga harakat qildim. Ma'lum bo'lishicha o'quvchilar "ishlibilarmon" bo'lgan o'qituvchilar bilan o'zaro til biriktirgan holda kollejga kelmaslikka kelishar ekan.Ya'ni bir semestr uchun 200 yoki 300 ming so'm to'lagan o'quvchi kollejga kelmasligi taminlanar ekan( davomat, yozma ishlar, semestr baholari bilan birgalikda). Kollej o'quvchilarining ba'zilari bilan suhbatlashishga muvofiq bo'ldim. Ularning aytishlaricha kollejda o'zlari emas "diplomi" o'qir ekan, rostini aytsam hayratda qoldim. Chunki
Comments
Post a Comment