Skip to main content

#VinniPost

O'rta maxsus kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda korrupsiya mavjudmi? Agar mavjud bo'lsa qanday ko'rinishda?
Bu savolga javob berish uchun avvalo kasb - hunar kollejlar va akademik litseylar hayoti bilan yaqindan tanishdim.O'zbekiton Respublikasi Samarqand viloyatida joylashgan bir nechta kollejlarda bo'ldim.U yerdagi davomatlar ko'rsatkichi judayam past. Men uning sababini bilishga harakat qildim. Ma'lum bo'lishicha o'quvchilar "ishlibilarmon" bo'lgan o'qituvchilar bilan o'zaro til biriktirgan  holda kollejga kelmaslikka kelishar ekan.Ya'ni bir semestr uchun 200 yoki 300 ming so'm to'lagan o'quvchi kollejga kelmasligi taminlanar ekan( davomat, yozma ishlar, semestr baholari bilan birgalikda).
Kollej o'quvchilarining ba'zilari bilan suhbatlashishga muvofiq bo'ldim. Ularning aytishlaricha kollejda o'zlari emas "diplomi"  o'qir ekan,  rostini aytsam hayratda qoldim. Chunki o'quvchi kollejda yoki litseyda dars jarayonida emas balki bozorda jismoniy mehnat qilib pul topayotgan edi. Bunday vaziyatlar qachongacha davom etadi? Bularni kim bartaraf etishi lozim? Va qachon bu ishlar amalga oshadi?
O'qituvchilarni-ku qo'ya turaylik, biz o'quvchi yoshlar qanday qilib bu darajagacha kelib qoldik?

Faqat viloyatlarda emas, balki, poytaxtimizda joylashgan ta'lim muassalarida ham korrupsiyani kuztishga erishdim. Misol uchun ko'pgina tibbiyot kollejlarida "нб" ya'ni"не был" uchun 1000 so'm (narxi baland o'qituvchilar uchun esa 2000so'm) to'lashar ekan. Bu degani har bir kun uchun o'rtaga 4000 so'm to'lansa bas kollejga borishning hojati ham yo'q.
Nahotki buning barchasi arzimagan pulga sotilsa?
Yaqinda 3 bosqich o'quvchilardan anonim so'rovnoma olishdi. Ko'pchilik o'quvchilar ba'zi bir ("ishbilarmon) o'qituvchilarning ism familiyasini yozib berishdi. Ma'lum vaqtdan so'ng o'quvchilarga ism familiyasini yozib bergan o'qituvchisining fanidan semestr baho qo'yilmasligi e'lon qilindi. Ana sizga erkinlik va ochiqlikning oqibati. O'zlari so'rashadi va o'zlari jazolashadi. Bu bizga ota - bobolarimizdan qolgan odat shekilli.
O'zi to'g'ri aytishgan "ustozingni aytganini qil, qilganini qilma" deb. #vinni_post
Yoshlar orasida oliy o'quv yurtiga kirishni xohlaydiganlar talaygina, lekin, ularning barchasi ham talabalik nomiga musharraf bo'la olishmaydi. Chunki ba'zilarning bilim doirasi bunga yo'l qo'ymasa, ba'zi holatlarda korrupsiya bunga to'sqinlik qiladi. Nega deysizmi? Bu juda ham oddiy-ku. Agar sizning yoki boyvacha otangizning puli qanchalik ko'p bo'lsa shundalik nufuzli oliy o'quv yurtiga kirishingiz mumkin."Og'zi qiyshiq bo'lsa, ham boyning bolasi gapirsin" bu so'zlar bugungi kunga judayam mos kelmoqda. Hattoki yuridik universitetiga ham, ular yurist, qonun himoyachilari bo'lishlariga qaramay shu axvol. "Baliq boshidan" deb shunga aytadilarda. Bunday nosog'lom muhitdan bilish mumkinki "pul bo'lsa changalda sho'rva" (o'zbek xalq maqollaridan eng mashhurlari) demak hozir barcha narsalarni pul orqali hal qilish va muammolarni yechish mumkin. -To'g'rimi?
-Yo'q! Chunki kitobni pulga sotib olsa bo'ladi, ammo, aqlni emas. Shunday bo'lishiga qaramay bunday xolatlar hozirgacha kuzatilib kelinmoqda. Biz yoshlarning vazifamiz esa bunday chigallikni yo'q qilib, sog'lom va davomiy kelajak qurishimiz lozim. KELAJAK YOSHLAR QO'LIDA BIZ YOSHLAR ESA BUNGA TAYYORMIZ.

Comments

Popular posts from this blog

#vinnipost

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida" gi qonunni imzoladi. E’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiruvchi qonun 2017-yil 4-yanvar kuni “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida chop etildi. Bu qonun amalda qanchalik o'zini oqlamoqda? Kurash davom etyaptimi yoki faqat qonun chiqarildimi? Biz yoshlar orasida "bu menga tegishli emas" degan so'zlarni ko'p eshitmoqdamiz, lekin, jamiyatimizning ko'p sohalarida korrupsiyaga yo'l qo'yilayotganini kuzatishimiz mumkin. Masalan, sport, ta'lim, san'at sohalarida ko'zga yaqqol tashlanmoqda. Agarda biz yoshlarning onggida korrupsiyaga qarshi kurashishni targ'ib eta olsak, biz o'ylagan natijaga erishgan bo'lardik. Korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlarimizning immunitetini o'stirish, ularni vatanparvarlik, halollik, odamiylik ruhida tarbiyalash eng oliy vazifalarimizdan hisoblanadi. Davomi bor..

#Спасибо деду за победу

Яқин кунларда шаҳар кўчаларида СССРдан қолган буюм ва расмлар ҳамда ўша машҳур «Спасибо деду за победу» фразаси кўпайиб қолди. Баъзи бир нашрларда эса бу ҳол "СССР даврига қайтаяпмизми?" деган маънода ҳам мақолалар жойлашди. Ҳамманинг фикри ўзи учун тўғри. Лекин, бу ҳол менингча ватанпарварлик ҳиссининг ҳалқимиз орасида жўш ураётганлигидандир, балки, қайдам. 9-май "Ҳотира ва қадрлаш" кунига яқин бунга ўхшаш тарғиботлар кўпаяди яна. Аммо у пайт ҳеч ким бунга жиддий эътибор бермайди.