Men - Vatan himoyachisiman.
Mana 25 yildirki «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni» keng nishonlanib kelinmoqda. Lekin shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki bu safargi bayram kuniga tayyorgarlik ancha kech targ'ib qilinmoqda.Sababi shundaki 25 yillik yubiley va yangi rahbarning say harakatlari ''chirigan'' qatlamini ishdan olish, ushbu sohadagi islohatlar, ijtimoiy loyihalar -u, videoroliklar va albatta joylarda ko'rilayotgan tayyorgarliklar. Bu faqatgina bir narsadan dalolat ya'ni harbiylar uchun yaratilayotgan mislsiz imkoniyatlardan. Mudofamiz qanchalik mustahkam va daxlsizligi bizning chegarachilarimizga bog'liq har xolda.#vatanimgaxizmatqilan #mendirmanosha #chiriganlarniishdanolish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida" gi qonunni imzoladi. E’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiruvchi qonun 2017-yil 4-yanvar kuni “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida chop etildi. Bu qonun amalda qanchalik o'zini oqlamoqda? Kurash davom etyaptimi yoki faqat qonun chiqarildimi? Biz yoshlar orasida "bu menga tegishli emas" degan so'zlarni ko'p eshitmoqdamiz, lekin, jamiyatimizning ko'p sohalarida korrupsiyaga yo'l qo'yilayotganini kuzatishimiz mumkin. Masalan, sport, ta'lim, san'at sohalarida ko'zga yaqqol tashlanmoqda. Agarda biz yoshlarning onggida korrupsiyaga qarshi kurashishni targ'ib eta olsak, biz o'ylagan natijaga erishgan bo'lardik. Korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlarimizning immunitetini o'stirish, ularni vatanparvarlik, halollik, odamiylik ruhida tarbiyalash eng oliy vazifalarimizdan hisoblanadi. Davomi bor..
Comments
Post a Comment