"Shuning o'rniga kitob yoki foydali maqola o'qib ketsa bo'lmaydimi?" deymanu o'zim ham yoshligimda telefondan ortmasdim. Endi vaqt o'tib achinish hech narsani hal qilmasligiga ko'p marotaba amin bo'ldim. Hozirgi yoshlarimizga maktab, kerak bo'lsa bog'cha paytidan vaqtni to'g'ri tanlashni yo'lga qo'ya olsak, "yoshligimda shuni hech kim aytmaganda" degan iddaoni eshitmaymiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida" gi qonunni imzoladi. E’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiruvchi qonun 2017-yil 4-yanvar kuni “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida chop etildi. Bu qonun amalda qanchalik o'zini oqlamoqda? Kurash davom etyaptimi yoki faqat qonun chiqarildimi? Biz yoshlar orasida "bu menga tegishli emas" degan so'zlarni ko'p eshitmoqdamiz, lekin, jamiyatimizning ko'p sohalarida korrupsiyaga yo'l qo'yilayotganini kuzatishimiz mumkin. Masalan, sport, ta'lim, san'at sohalarida ko'zga yaqqol tashlanmoqda. Agarda biz yoshlarning onggida korrupsiyaga qarshi kurashishni targ'ib eta olsak, biz o'ylagan natijaga erishgan bo'lardik. Korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlarimizning immunitetini o'stirish, ularni vatanparvarlik, halollik, odamiylik ruhida tarbiyalash eng oliy vazifalarimizdan hisoblanadi. Davomi bor..
Comments
Post a Comment